Arsen Vengerning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Arsen Vengerning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi
\"Arsenal\"ning sobiq ustozi Arsen Venger tez orada \"Milan\" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.

Get Italian Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 69 yoshli fransiyalik mutaxassis va “rossonerilar” rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga o‘tgan. Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda \"Milan\"ni Jennaro Gattuzo boshqarmoqda.

Ma’lumot uchun, milanliklar A Seriyaning o‘tgan 11 tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turishibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.