Ruslan Nuriddinov og‘ir atletika bo‘yicha JChni sensatsion tarzda yakunladi

Turkmanistonning Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
109 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan Ruslan Nuriddinov qatnashdi. Olimpiya o‘yinlari rekordchisi dast ko‘tarishda bir marta 187, ikki marta 189 kg toshni ko‘tara olmadi va chempionatni tark etdi. U siltab ko‘tarish bahslarida 225 kg toshga buyurtma berib qo‘ygandi.
Hozir 109 kg vazn toifasida guruh bosqichi bahslari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha o‘zbekistonlik atletlar jahon chempionatida 1 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!109 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan Ruslan Nuriddinov qatnashdi. Olimpiya o‘yinlari rekordchisi dast ko‘tarishda bir marta 187, ikki marta 189 kg toshni ko‘tara olmadi va chempionatni tark etdi. U siltab ko‘tarish bahslarida 225 kg toshga buyurtma berib qo‘ygandi.
Hozir 109 kg vazn toifasida guruh bosqichi bahslari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha o‘zbekistonlik atletlar jahon chempionatida 1 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













