Cherchesov Rossiya terma jamoasining antirekordchisiga aylandi

Cherchesov Rossiya terma jamoasining antirekordchisiga aylandi
Rossiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Germaniyaga 0:3 hisobida yutqazdi.

Bu Stanislav Cherchesov uchun bosh murabbiy lavozimidagi 11-mag‘lubiyat bo‘ldi. Natijada, bu ko‘rsatkich bo‘yicha u terma jamoa murabbiylari orasida 1-o‘ringa chiqib oldi.

Cherchesov mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha Guus Hiddink (39 o‘yinda 10ta mag‘lubiyat) va Oleg Romansevni (60 o‘yinda 10ta mag‘lubiyat) ortda qoldirdi. Uning hisobida 30ta o‘yin bor.

Rossiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 20 noyabr kuni, Millatlar Ligasi doirasida Shvetsiyaga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.