Inesta: Mourinyu «Real» va «Barsa» futbolchilarini dushmanlarga aylantirib qo‘ygandi

Inesta: Mourinyu «Real» va «Barsa» futbolchilarini dushmanlarga aylantirib qo‘ygandi
Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta «Real» sobiq ustozi Joze Mourinyuni tanqid ostiga oldi. Uning fikricha, portugaliyalik mutaxassis «Real» va «Barsa» futbolchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga sababchi bo‘lgan.

«Vaziyat yoqimsiz ekanini sezish uchun «Barsa» yoki «Real» muxlisi bo‘lish shart emasdi. Bunda asosiy rolni Mourinyu bajargandi.

Bu holatlarni faqat fanatiklar sezishmasdi xolos. Oldingi to‘qnashuvlarda dushmanlik ruhi juda oshib ketgandi. Bu o‘yindan-o‘yinga kuchayib borar va chidab bo‘lmas darajaga yetib kelgandi.

Mourinyu tufayli «Barsa» va «Real» futbolchilari orasida yuzaga kelgan keskinlik Ispaniya termasi va futbolchilarga katta ziyon keltirgandi», – deydi Inesta.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.