Bugun «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi o‘tkaziladi

Bugun «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi o‘tkaziladi
3 dekabrdan 4 dekabrga o‘tar kechasi France Football talqini bo‘yicha, dunyoning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi.

G‘olib «Oltin to‘p» sovriniga ega bo‘ladi. Tadbir soat 01:00da Parijda boshlanadi.

Mukofotga asosiy da’vogar sifatida Xorvatiya terma jamoasi va «Real» klubi yarimhimoyachisi Luka Modrich ko‘rilmoqda. Futbolchi shu yili FIFA talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

«Oltin to‘p» sovrini rekordchilari argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Har ikkalasi ham 5 martadan nufuzli mukofotni qo‘lga kiritishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.