Sardor Muzaffarov armanistonlik bokschini mag‘lub etdi

Sardor Muzaffarov armanistonlik bokschini mag‘lub etdi
Bugun Rossiya Boks Federatsiyasi tomonidan katta boks kechasi tashkil etildi.

Unda umidli bokschimiz Sardor Muzaffarov (3 g‘alaba, 1 KO, 1 mag‘lubiyat) ham ringga ko‘tarildi. 23 yoshli charm qo‘lqop ustamizga armanistonlik David Ogannisyan (5 g‘alaba, 1 KO, 6 mag‘lubiyat) raqiblik qildi.

6 raund davom etgan jangda hakamlar hamyurtimizning g‘alabasini bir ovozdan qayd etishdi. Shu tariqa Muzaffarov professional boksdagi 4-g‘alabasini ko‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.