Shakiri: “Men uchun mukammal kun boʻldi”

Shakiri: “Men uchun mukammal kun boʻldi”
“Liverpul” - “Manchester Yunayted” uchrashuvining qahramoni fantastik oʻyinidan soʻng, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Bugun men uchun mukammal kun boʻldi. Klub tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdik. Shu yoʻsinda davom etishimiz kerak. Agar shu maqsadizimizga erisha olsak, mavsum yakunida unutilmas onlarga ega boʻlamiz”, - deya fikr bildirdi Jerdan Shakiri.

Eslatib oʻtamiz, Shveysariyalik yarim himoyachi ikkinchi boʻlimning oʻrtalarida zaxiradan maydonga tushib, 114 soniya ichida dastlabki golini urdi. Oradan 7 daqiqa oʻtib, dublni rasmiylashtirdi va jamoasiga muhim gʻalabani keltirdi.

Manba: CA
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.