Tomas Tuxel: PSJ "Old Trafford"da g‘alaba qozona oladi

Tomas Tuxel: PSJ "Old Trafford"da g‘alaba qozona oladi
Xabaringiz bor bugun o‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra PSJ ushbu bosqichda “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. O‘z navbatida parijliklar ustozi Tomas Tuxel bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz “Old Trafford”da g‘alaba qozonish uchun yetarli mahoratga egamiz. Men o‘z jamoamga ishonaman. Bizni oldinda jiddiy sinov kutmoqda.

1/8 final hamisha qiyin bo‘lgan. MYu ushbu musobaqada bir necha marta g‘alaba qozongan va yetarli tajribaga ega”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, \"Manchester Yunayted\" - PSJ qarama-qarshiligining ilk uchrashuvi 12 fevral kuni \"Old Trafford\"da bo‘lib o‘tadi, javob bahsi esa 6 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.