«Napoli»da Messini sotib olishdan boshqa chora yo‘q»

«Napoli»da Messini sotib olishdan boshqa chora yo‘q»
Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro «Yuventus»ning A Seriyadagi boshqa klublardan ustunligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Napoli» va «Inter» «Yuventus»ning gegemoniyasiga haqiqatan ham chek qo‘ya oladigandek bo‘lib ko‘ringandi, ammo aftidan, «byankoneri» hech narsaga qaramay oldinda ketishda davom etadi.

Muayyan vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini tushungani uchun ham «Yuventus» maqtovga loyiq. Jamoaga ishonch va shijoat kerak edi, yevrokuboklarda oldinga qadam tashlash va A Seriyadagi yetakchilikni mustahkamlash zarurati bor edi – ana shunday damda Ronalduni sotib olishdi.

«Napoli» uchun «Yuventus»dan A Seriya chempionligini tortib olishning yagona yo‘li – Messini transfer qilish. Yo shunday bo‘ladi, yoki bo‘lmasa «Yuve»ning o‘zi ularga g‘alabani sovg‘a qiladi» – degan Kannavaroning so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.