Iste’foga chiqarilgan Shtange: "Hech kimni ayblamoqchi emasman"

Iste’foga chiqarilgan Shtange: "Hech kimni ayblamoqchi emasman"
Kecha Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange iste’foga chiqarilgani borasida xabar bergan edik. Shundan so‘ng germaniyalik mutaxassis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"Yomon kuni bo‘lmagan insonning o‘z yo‘q. Biz birga g‘alaba qozondik va mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu yerda nimalardir qilishga harakat qilgan edik. Turnirda ilk marotaba pley-offga chiqmoqchi edik, Suriyada bunday natija hozirgacha qayd etilmagan edi.

Men hech qachon qaysidir futbolchini yoki bir nechta futbolchilarni ayblagan emasman. Albatta, barcha javobgarlik murabbiyga tushadi\", - dedi Shtange.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.