Valeriy Karpin: "Shomurodov so‘nggi 7-8 oy ichida katta o‘sishga erishdi"

Valeriy Karpin: "Shomurodov so‘nggi 7-8 oy ichida katta o‘sishga erishdi"
Rossiyaning \"Rostov\" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin hamyurtimiz Eldor Shomurodov borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
\"Shomurodov Osiyo kubogini ajoyib tarzda o‘tkazdi. Umid qilamanki, u o‘sishda davom etadi. Shubhasiz, Eldor so‘nggi 7-8 oyda jamoamizda progressga erishdi. Buni qit’a birinchiligida nafaqat men, balki barcha ko‘rdi\", - dedi rossiyalik mutaxassis Sport24 ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Shomurodov BAAda o‘tayotgan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida 1/8 finalga yetib bordi va \"oq bo‘rilar\" safida musoaqa davomida 4 ta gol kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.