Ummon bosh murabbiyi Pim Verbek ishdan ketdi

Ummon bosh murabbiyi Pim Verbek ishdan ketdi
Osiyo Kubogida Ummon terma jamoasini boshqargan Pim Verbek iste’foga chiqarildi.
Ma’lumki, ummonliklar biz bilan bir guruhda kurash olib borgan hamda ilk o‘yinda bizga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyinchalik bu jamoa uchinchi o‘rinni olib bo‘lsa-da guruhdan chiqdi va 1/8 finalda Eronga mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etdi.

Bugun esa Ummon futbol federatsiyasi gollandiyalik murabbiy iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Xabarda Pim Verbekning shu bilan murabbiylik faoliyatini to‘gatmoqchi ekani ham aytilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.