Solari: "Real" har doim sovrinlar uchun oxirigacha kurashadi

Solari: "Real" har doim sovrinlar uchun oxirigacha kurashadi
“Real” klubi bosh murabbiyi Santyago Solari La Liga 23-turida “Atletiko”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi g‘alabadan (3:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– “Real” har doim sovrinlar uchun oxirigacha kurashadi. Bu tarixiy haqiqat. Hozir biz Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibmiz, ammo oldinga harakat qilishdan to‘xtamasligimiz kerak. “Atletiko”ning ham kurashni davom ettirishini bilaman. Bu jamoaning ajoyib murabbiyi bor, – deydi Solarining so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Eslatib o‘tamiz, “qaymoqranglilar” 23-turdan so‘ng bitta o‘yin kam o‘tkazgan “Barselona”dan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.