O‘rtoqlik o‘yini. «Real» «Milan»ga yutqazdi


Madridning \"Real\" va Italiyaning \"Milan\" jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi. O‘yin BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Ushbu o‘yinda, kutilmaganda, milanlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Stefan el-Sha’raviy \"dubl\"ga erishdi. Inzagi shogirdlarining qolgan gollarini Menez va Passini o‘z hisoblariga yozishdi. \"Real\"ning gollariga Ronaldu va Benzema mualliflik qilishdi.
Jamoalar o‘yin davomida ikki xil tarkib bilan o‘ynashdi.
Real Madrid Ispaniya – Milan Italiya 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 24 Menez, 0:2 – 31 el-Sha’raviy, 1:2 – 35 Ronaldu, 1:3 – 48 el-Sha’raviy, 1:4 – 73 Passini, 2:4 – 84, penalti Benzema.
Real Madrid – Navas (Kasilyas, 46), Arbeloa (Karvaxal, 46), Nacho, Varan (Pepe, 46), Koentrau (Lorente, 46), Isko (Markos Lorente, 65), Ilyarramendi (Kroos, 46), Xedira (Xames, 46), Xese (de Tomas, 65), Ernandes (Benzema, 46), Ronaldu (Beyl, 46).
Milan – Lopes (Agassi, 58), Mekses, Albertassi (Armero, 46), Sapata (da Kosta, 46), Bonera (Dzakkardo, 46), Muntari (Mastur, 77), Bonaventura (Nyang, 59), Menez (Passini, 55), de Yong (Poli, 46), Montolivo (Essen, 46), el-Sha’raviy (Saponara, 69).
Ogohlantirishlar: Kroos (70), Karvaxal (72), Pepe (72).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













