Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (6-0, 5 KO) 23 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 24 fevral tongida) o‘zining 7-jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri ma’lum qildi.
Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkaziladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerta (25-11-1, 19 KO) raqiblik qiladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Edgar Puerta tajribali raqib sanaladi. U 2014 yilda super yarim yengil (-58,97 kg) vazn toifasida WBC jahon chempionligi uchun yaponiyalik Takashi Miuraga qarshi ringga ko‘tarilgan, biroq imkoniyatni boy bergandi. Bungacha esa u 2012 yilda ikki marta WBC Silver chempionlik kamarini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, sportchi navbatdagi jangi 9 mart kuni bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi. Hozircha mazkur jang o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.