LaLiga. “Barselona” Messining xet-trigi evaziga gʻalabani ilib ketdi (video)

LaLiga. “Barselona” Messining xet-trigi evaziga gʻalabani ilib ketdi (video)
Ispaniya chempionatining 25-turidan oʻrin olgan “Sevilya” – “Barselona” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Unda 2:4 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Dastlab oʻyinning 22-daqiqasida Xesus Navas hisobni ochgandi. Oradan 4 daqiqa oʻtib, Messi muvozanatni tikladi. 42-daqiqaga kelib Merkado yana “Sevilya“ni olgʻa boshladi 2:1.
Shunday boʻlsada, tinib-tinchimas Leo ikkinchi boʻlimda avvaliga hisobni tenglashtirdi, keyin esa xet-trik qayd etgan holda, hisobni 2:3 koʻrinishga olib keldi.
Bu ham kamlik qilgandek, Luis Suares Vaslikni toʻrtinchi bor ranjitib, yakuniy 2:4 natijasini tabloda aks ettirdi.

Sevilya – Barselona 2:4 (2:1, 0:3)
“Ramon Sanches Pisxuan”
Gollar: 1:0 – 22 Navas, 1:1 – 26 Messi, 2:1 – 42 Merkado, 2:2 – 67 Messi, 2:3 – 85 Messi, 2:4 – 90 Suares.
Sevilya – Vaslik, Merkado (Vaskes, 51), Gomes, Kyer, Veber (Amadu, 58), Banega, Navas, Rog (Mesa, 62), Sarabiya, Promes, Ben-Yedder.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Nelson Semedu (Serdji Roberto, 46), Alba, Vidal (Dembele, 46), Rakitich, Buskets, Koutino (Alenya, 79), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Pike (38), Rog (49), Veber (57), Vaskes (70), Kyer (80), Sarabiya (83), Mesa (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.