Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi (foto)

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi (foto)
Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional boksda navbatdagi g‘alabasiga erishdi.
Meksikaning Tixuana shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Edgar Puertaga qarshi ringga ko‘tarilib, muddatidan avval g‘alabaga erishdi.

8 raund uchun mo‘ljallangan jangning beshinchi raundda Shahram G‘iyosovning ketma-ket zarbalaridan so‘ng raqib muvozanatni yo‘qotdi. Shu sababli hakamlar bahsni to‘xtatishdi va Shahram jangni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal qildi.
Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini nokautga uchratdi (foto)
Mazkur bahs orqali G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangida yettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. U janglarining 6tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Meksikalik Edgar Puertoning o‘tkazgan janglari soni esa 38 taga yetdi. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 12 marta mag‘lubiyatga uchragan (6 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.