Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Gvardiola “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi toʻrt yilni “shaharliklar” safida oʻtkazishga tayyor.

Maʼlumotlarga koʻra, ispaniyalik mutaxassis doʻstlariga “Siti” bilan 2023 yilgacha moʻljallangan bitimga imzo chekishga tayyorligini aytgan. Shunday qilib, u “Manchester Siti”da 7 yil ishlashi mumkin.

Oldinroq, “Yuventus” vakillari ispaniyalikning agenti bilan ikkita uchrashuv oʻtkazishga muvaffaq boʻlishdi, ammo Gvardiolaning oʻzi Italiyaga koʻchib oʻtmoqchi emas.

“Manchester Siti” egalari Gvardiola klubda 10 yil qolishini xohlashmoqda. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.