Dunyoning eng mashhur 100 sportchisi roʻyxati eʼlon qilindi

Dunyoning eng mashhur 100 sportchisi roʻyxati eʼlon qilindi
ESPN nashri 2018 yilning eng mashhur 100 nafar sportchisi roʻyxatini eʼlon qildi. Reyting sportchilarning gonorarlari va reklamadan oladigan daromadlari, ijtimoiy tarmoqlarda va Google qidirish tizimida mashhurliklari asosida tuzilgan.

Reytingda 1-oʻrinni futbolchi Krishtianu Ronaldu egallagan. 2-oʻringa “«Los-Anjeles Leykers” basketbolchisi Lebron Jeyms, 3-oʻringa futbolchi Lionel Messi qoʻyilgan.

Quyida reytingning yetakchi oʻntaligi keltirilgan:
1. Krishtianu Ronaldu (futbolchi)
2. Lebron Jeyms (basketbolchi)
3. Lionel Messi (futbolchi)
4. Neymar (futbolchi)
5. Konor Makgregor (yakkakurash jangchisi)
6. Rojer Federer (tennischi)
7. Virat Koxli (kriket)
8. Rafael Nadal (tennis)
9. Stefen Karri (basketbol),
10. Tayger Vuds (golf).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.