Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi (foto)

Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi (foto)
Bugun Xitoyda “China Sup-2019” musobaqasi oʻz yakuniga yetadi. 3-oʻrin uchun bahsda Oʻzbekiston milliy jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv “Guangxi Sports Center” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi. Soat 16:35dan esa Urugvay va Tailand milliy jamoalari final oʻyinida maydonga chiqishadi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi (foto)
OʻFA matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kecha Ektor Kuper boshchiligidagi jamoaning oʻyinoldi mashgʻulotlariga mahalliy futbol maktabi tarbiyalanuvchilari kelishgan
Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi (foto)
«OʻFA nomidan ularga turli esdalik sovgʻalari taqdim qilindi. Shuningdek, bolajonlar futbolchilarimizdan dastxat olib, ular bilan birgalikda suratga tushishdi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi (foto)
Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi (foto)
Mashgʻulotlar ancha quvnoq kayfiyatda oʻtganini taʼkidlash zarur. Terma jamoa futbolchilari turli qiziqarli mashqlarni bajarish orqali jamoaviy ruhni kuchaytirishga, tezkorlik va chaqqonlikni oshirishga intilishdi», – deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.