“Real” yozda yangi futbolchilar sotib olish uchun 500 mln. yevro sarflashi mumkin

“Real” yozda yangi futbolchilar sotib olish uchun 500 mln. yevro sarflashi mumkin
“Real” prezidenti Florentino Peres yozgi transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirish uchun 500 mln. yevro mablagʻ ajratishga tayyor.

Maʼlumotlarga koʻra, “Qirollik klubi”ning asosiy transfer maqsadlari “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba, “Chelsi” futbolchisi Eden Azar va PSJ forvardi Kilian Mbappe.

Yaqindagina jamoaga qaytgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ushbu xaridlarga rozilik berdi.
Oldinroq, “Real” Mbappe uchun PSJga 280 mln. yevro taklif qilishi hamda “Qirollik klubi” Azar bilan shartnoma borasida kelishib olgani eʼlon qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.