Superliga. Bugun 2-tur oʻyinlari boshlanadi

Superliga. Bugun 2-tur oʻyinlari boshlanadi
Bugun Oʻzbekiston chempionatining 2-tur uchrashuvlari start oladi. Yaʼni bugun “Qizilqum” oʻzida AGMKni qabul qilsa, “Buxoro” klubi “Metallurg” maydoniga safar qiladi.

Shanba kuni esa, Superliganing bu yilgi debyutantlari “Surxon” va “Dinamo” Termizda qarama-qarshi kelishadi. “Lokomotiv” va “Navbahor” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin ham qiziqarli oʻtishi tayin.

Turning markaziy oʻyini Toshkentda boʻlib oʻtadi. Unda “Bunyodkor” klubi “Paxtakor” bilan kuch sinashadi. Oʻtgan turda amaldagi chempionni magʻlub etib peshqadamga aylanib olgan “sherlar”ni oson boʻlmagan oʻyin kutib turibdi.

Shuningdek 31 mart kuni vodiyda “Qoʻqon 1912” klubi vodiyning yana bir debyutanti “Andijon” bilan kuch sinashsa, vohada “Nasaf” klubi Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” klubi bilan kuch sinashadi.
Superliga. Bugun 2-tur oʻyinlari boshlanadi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.