Hasanboy Doʻsmatov jarohat olib, Bokudagi musobaqa finaliga chiqa olmadi

Hasanboy Doʻsmatov jarohat olib, Bokudagi musobaqa finaliga chiqa olmadi
Ozarbayjon poytaxti Bokuda boks boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan oʻzbekistonlik Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov bugun yarim final jangida ringga chiqishi kerak edi. Biroq -52kg vazn toifasida ringga koʻtarilishi kerak boʻlgan Doʻsmatov jarohati sabab yarim final jangida qatnashmaydigan boʻldi.

Sports.uz nashrining xabar berishicha, Doʻsmatov qoshidan olgan jarohati sabab yarim finalda jang qilmaydi va uning raqibi qozogʻistonlik Oljas Bayniyazovga texnik gʻalaba yoziladigan boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.