"Yuventus" safarda SPALga yutqazib qo‘ydi

"Yuventus" safarda SPALga yutqazib qo‘ydi
Italiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan \"SPAL\" – \"Yuventus\" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda turinliklar imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Moyze Kin mehmonlarni oldinga olib chiqdi, biroq maydon egalari ikkinchi bo‘limda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

49-daqiqada Bonifatsi muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 74-daqiqada Flokkari g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, “Yuve” chempionlik masalasini muddatidan avval hal qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va masala keyingi turlarga qoldi.

A Seriya, 32-tur
SPAL – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 30 Kin, 1:1 – 49 Bonifatsi, 2:1 – 74 Flokkari.
SPAL – Viviano, Bonifatsi, Vikari, Chonek, Ladzari, Fares, Murdjia, Skyattarella (Valdifori, 70), Missiroli, Flokkari (Redjini, 85), Petanya (Antenuchchi, 89).
Yuventus – Perin, Bardzali (Bernardeski, 81), Gotssi, Joau Kanselu, De Shilo, Bentankur, Spinatssola, Kuadrado, Dibala, Kin (Mavididi, 69), Kastanos (Nikolussi-Kavilya, 61).
Ogohlantirishlar: Ladzari (28), Kuadrado (38), Joau Kanselu (45), Flokkari (74), Fares (83), Missiroli (87), Vikari (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.