Afrika Kubogi—2019 musobaqasiga qur’a tashlandi

Afrika Kubogi—2019 musobaqasiga qur’a tashlandi
Misrda bo‘lib o‘tadigan Afrika Kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Afrika Kubogi—2019 musobaqasiga qur’a tashlandi
Foto: Twitter/@CAF_Online
Musobaqa mezboni bo‘lmish Misr terma jamoasi «A» guruhida Kongo DR, Uganda, Zimbabve termalariga qarshi maydonga tushadi.

Musobaqani Misr hamda Zimbabve terma jamolari qarama-qarshiligi uchrashuvi ochib beradi. Mazkur o‘yin joriy yilning 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

«A» guruhi: Misr, Kongo DR, Uganda, Zimbabve
«B» guruhi: Nigeriya, Gvineya, Madagaskar, Burundi
«C» guruhi: Senegal, Jazoir, Keniya, Tanzaniya
«D» guruhi: Marokash, Kot-d’Ivuar, JAR, Namibiya
«E» guruhi: Tunis, Mali, Mavritaniya, Angola
«F» guruhi: Kamerun, Gana, Benin, Gvineya-Bisau.
Eslatib o‘tamiz, Afrika Millatlar Kubogi 2019 yilning 21 iyunidan 19 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.