«Navbahor» «Surxon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

«Navbahor» «Surxon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)
21 aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida Namanganning «Navbahor» klubi «Istiqlol» stadionida Termizning «Surxon» jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Obid Jo‘raboyev (74), Azim Ahmedov (89), Aleksandr Kasyan (90) tomonidan kiritilgan gollar namanganliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Navbahor» 7 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Surxon» esa 8 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘onada bormoqda.

«Navbahor»—«Surxon» 3:0
Gollar:
1:0 — 74 Jo‘raboyev, 2:0 — 89 Ahmedov, 3:0 — 90 Kasyan
«Navbahor»: Yusupov, Lukich, Jo‘raboyev, G‘ofurov, Mehmonov, O‘runov (G‘ulomov, 81), Ahmedov, Shaymanov (Tagayev, 57), Solovyov (Ibragimov, 86), Isroilov, Kasyan
«Surxon»: Omonov, Xojiakbarov, Berdimurodov, Bubanya, Stanoyevich, No‘’monov, Salomov (Xursanov, 88), Ismoilov, G‘ofurov, Aliyev (Xoliqulov, 90), Hakimov (Yusupov, 78)
Ogohlantirishlar: G‘ofurov (5), Stanoyevich (20), O‘runov (51), No‘’monov (56), Omonov (65), Ahmedov (69), Jo‘raboyev (84)

E’tiboringizga Kasyanning 90+3 daqiqada urgan golini havola etamiz:
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.