Fransiya Kubogida «PSJ»ning gegemonligiga chek qo‘yildi (foto, video)

Fransiya Kubogida «PSJ»ning gegemonligiga chek qo‘yildi (foto, video)
Sen-Denidagi «Stad de Frans» stadionida Fransiya Kubogi finali o‘tkazilib, unda «Renn» — «PSJ»ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi — 6:5.

O‘yinda hisobni «PSJ» himoyachisi Dani Alves ochgandi, u 13-daqiqada jarima maydonidan tashqaridan kuchli zarba yo‘llab gol urdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Neymar parijliklar jamoasi ustunligini mustahkamladi.

40-daqiqada «PSJ» himoyachisi Presnel Kimpembe o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida «Renn» himoyachisi Mesher muvozanatni tikladi.

O‘yinga qo‘shib berilgan ikkita 15 daqiqali bo‘limlarda muxlislar gol ko‘rishmadi. 118-daqiqada parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe maydondan chetlatildi. Penaltilar seriyasida «Renn» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 6:5.

Parijliklar safida oltinchi bo‘lib nuqtaga yaqinlashgan Stefan Nkunku xatoga yo‘l qo‘ydi.
Fransiya Kubogida «PSJ»ning gegemonligiga chek qo‘yildi (foto, video)
Shu tariqa, bir oy ichida ikkinchi marta «PSJ»ni yenggan «Renn» (ichki chempionat doirasidagi o‘zaro uchrashuvda parijliklar 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi) o‘z tarixida uchinchi marta Fransiya Kubogini qo‘lga kiritdi. Qizil-qoralar bu turnirda 1965 va 1971 yillarda g‘olib bo‘lishgan. Bu borada fransiyada rekordchi klub «PSJ» hisoblanadi — 12 sovrin. Klub keyingi 4 yilda bu sovrinni hech bir klubga bermagandi (1982, 1983, 1993, 1995, 1998, 2004, 2006, 2010, 2015, 2016, 2017, 2018).

Fransiya Kubogi
Final
Renn – PSJ 2:2 (1:2, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 6:5
Gollar:
0:1 – 13 Dani Alves, 0:2 – 21 Neymar, 1:2 – 40, avtogol Kimpembe, 2:2 – 66 Mesher.
Renn – Koubek, Da Silva, Bensebayni, Traore, Mesher, Ben-Arfa, Andre, Burigo (Lea Siliki, 105), Grene, Sarr, Nyang.
PSJ – Areolya, Kimpembe, Markinos, Bernat, Dani Alves, Draksler (Kavani, 90), Verratti, Di Mariya (Paredes, 75), Dagba (Diabi, 105; Nkunku, 120), Neymar, Mbappe.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5.
Ogohlantirishlar: Grene (24), Verratti (29), Neymar (44), Di Mariya (55), Mesher (68), Burigo (71), Paredes (95), Andre (97), Nyang (107), Bensebayni (112), Lea Siliki (118).
Chetlatish: Mbappe (118).

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.