Yengilmas 20 yoshli bokschimiz raqibini nokautga uchratdi

Yengilmas 20 yoshli bokschimiz raqibini nokautga uchratdi
Hindistonning Nyu-Deli shahridagi “Talkatora Indoor Stadium”da professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan biri hamyurtimiz ishtirokida kechdi. Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan charm qo‘lqop ustamiz Ulug‘bek Sobirov to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi.

20 yoshli bokschimiz 8 raundlik jangda hindistonlik 23 yoshli Pardip Xarreraga qarshi ringga ko‘tarildi. Ulug‘bek jangning to‘rtinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratib, faoliyatidagi to‘qqizinchi g‘alabasiga erishdi.
Yengilmas 20 yoshli bokschimiz raqibini nokautga uchratdi

Manba: olamsport.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.