"Barselona" prezidenti: 4-gol qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman

"Barselona" prezidenti: 4-gol qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman
\"Barselona\" klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Chempionlar ligasi yarim final javob bahsida “Liverpul”ga (0:4) imkoniyat boy berilgach nimalarni his qilayotganini aytdi.

“Mag‘lubiyatdan juda ranjidik. Endi biz bor e’tiborimizni Ispaniya kubogi finaliga qaratishimiz lozim. Futbolchilar klub va muxlislar uchun tezroq o‘zlariga kelib olishlari kerak. O‘yinni esa keyinroq tahlil qilib chiqamiz.
Aytishim kerakki, 4-gol shunchaki fojeali bo‘ldi. Bu qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman”, - deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bir hafta oldin “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Liverpul”ni 3:0 hisobida yengan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.