Rafael Benites: "Mening Istanbuldagi kambekim Kloppnikidan ancha zo‘r bo‘lgan"

Rafael Benites: "Mening Istanbuldagi kambekim Kloppnikidan ancha zo‘r bo‘lgan"
O‘shanda ular bir bo‘limda \"Milan\" darvozasiga 3ta gol urishni uddalashgan edi.

Ispaniyalik mashhur mutaxassis Rafael Benites “Liverpul” – “Barselona” (4:0) bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirar ekan, uning 2005 yil Istanbulda “Milan”ga qarshi YeChL finalida qilgan kambeki Klopp amalga oshirgan kambekdan ancha zo‘r bo‘lganini aytdi.

“Men qilgan kambek ancha yaxshiroq edi, bu kundek ravshan. Bizda 45 daqiqa bor edi va biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri - \"Milan\"ga 3:0 hisobida yutqazayotgan edik. Ustiga-ustak o‘yin o‘z maydonimizda bo‘lmagan.

“Liverpul” “Barselona”ga qarshi yaxshi o‘ynadi, lekin Istanbul umuman boshqa masala”
, - deydi Benites.
Eslatib o‘tamiz, Benites “Liverpul”ni 2004-2010 yillarda boshqargan. Ayni damda esa “Nyukasl”da ishlamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.