Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)

Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha nufuzli \"Sankt-Peterburg gubernatori kubogi\" xalqaro turniri nihoyasiga yetdi.
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)
Jahonning uch qit’asida joylashgan 20 mamlakatdan tashrif buyurgan 120 nafardan ziyod charm qo‘lqop ustalari 5 kun mobaynida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)
O‘ninchi marotaba tashkil etilgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etishdi va turnir yakuniga ko‘ra uchta oltin medal qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)
Vakillarimizdan Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)
Qayd etish joiz, \"M1 Arena\"da kechgan jang kechasiga olimpiada sovrindori, profi boksda mutlaq jahon chempioni Roy Jons ham tashrif buyurdi va Iqboljon Xoldorov oltin medallarni aynan Jonsning qo‘lidan qabul qilib oldi.
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)
Terma jamoamiz "Gubernator kubogi"da birinchi o‘rinni olishdi (foto)

Manba: Sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.