Shota Arveladze: "Raqibga umuman imkon qoldirmadik"

Shota Arveladze: "Raqibga umuman imkon qoldirmadik"
“Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Bugun raqibga aslo imkon qoldirmadik. Bugun bizda kamida 5-6 ta yuz foizli qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Agar ulardan foydalanganimizda birinchi bo‘limning o‘zidayoq kamida 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda ham 3-4ta yaxshi vaziyatga ega bo‘ldik. Asosiysi g‘alaba qozondik.

Taqvimimiz biroz zich, bilasiz. Tez-tez o‘yin o‘tkazayapmiz, safarlar, parvozlar yigitlarga albatta ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Lekin shunday bo‘lsa-da yaxshi saviyada o‘ynashga intilyapmiz. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman, -dedi mutaxassis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.