“Real” klubi Muhammad Saloh bilan muzokaralarga kirishdi

“Real” klubi Muhammad Saloh bilan muzokaralarga kirishdi
“Real” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bilan muzokaralarga kirishdi, deya xabar qilmoqda fransiyalik jurnalist Filipp Karayon.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralar hozircha boshlang‘ich bosqichda. O‘tgan mavsum ham misrlik futbolchi qaymoqranglilar qiziqishlariga sabab bo‘lgandi.

26 yoshli futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo‘ljallangan. Saloh ushbu mavsum jamoasining 51 o‘yinida ishtirok etib, 26 gol va 13 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.