Aguero: Messi «Barselona»dan ketmasa kerak

Aguero: Messi «Barselona»dan ketmasa kerak
Aguero: Messi «Barselona»dan ketmasa kerak

\"Manchester Siti\" klubi hujumchisi Serxio Aguero \"Barselona\" jamoasi to‘purari Lionel Messi Manchesterga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berib o‘tdi.

– Albatta, Messi \"Manchester Siti\"ga o‘tsa ajoyib bo‘lardi. Bu vaziyatda Leoning o‘z bir qarorga kelishi zarur.

U \"Barselona\"da baxli va Kataloniyani tark etish oson bo‘lmaydi. Axir u yoshligidan “Barsa“da to‘p suradi.

Lekin, mobodo \"Siti\"ga o‘tish istagini bildirsa, men qarshi emas. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi va istalgan jamoada o‘ynay oladi, – deya Agueroning so‘zlarini keltiradi Sport.es portali.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.