Messi “Barselona”dan ketmoqchi emas

Messi “Barselona”dan ketmoqchi emas
Messi “Barselona”dan ketmoqchi emas

“Barselona” futbol jamoasi hujumchisi Lionel Messi, Evropaning boshqa grand jamoalaridan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, Kataloniya klubidan ketmoqchi emas. Bu haqda El Mundo Deportivo\'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda .

Xususan, o‘tgan mavsum Fransiyaning “PSJ” jamoasi Messiga qiziqish bildirgandi, biroq argentinalik futbolchiga Parijga ko‘chib o‘tish fikri ma’qul kelmagandi.

Shuningdek, Londonning “Chelsi” jamoasi ham Messini o‘z tarkibiga qo‘shib olish istagini bildirgan. Ma’lumot uchun, Messini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘lgan jamoa “Barselona” hisobiga 250 million evro o‘tkazib qo‘yishi kerak.

Avvalroq, Messi “Chelsi”ga o‘tish haqida o‘ylayotgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan, biroq keyinchalik futbolchining o‘zi bu xabarlarni rad etib chiqqandi.

Shuningdek, “Barselona” Messini 2016 yilda sotishga tayyorligi haqida ham axborot paydo bo‘lgandi.

Foto: bleacherreport / kun
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.