Ronaldu "Yuventus"da Mourinoni ko‘rmoqchi

Ronaldu "Yuventus"da Mourinoni ko‘rmoqchi
\"Yuventus\" jamoa Massimiliano Allegri bilan xayrlashgach, hamon yangi murabbiy qidirish bilan band.
Xabaringiz bor, hozirda \"Chelsi\" bosh murabbiyi hisoblangan Mauritsio Sarri Turin klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turgani xabar qilingandi. Ammo vaziyatni \"keksa sinora\" yetakchisining xohishi o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu boshqaruvni o‘zi \"Real\"da birga ishlagan Joze Mourino qo‘lga olishini istamoqda. Forvard rahbariyatdan aynan portugaliyalik murabbiy bilan bitim imzolashni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Mourino o‘tgan yil dekabr oyida \"Manchester Yunayted\"ni tark etgach, ishsiz yuripti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.