“Buxoro” xorijdan mutaxassis olib kelmoqchi

“Buxoro” xorijdan mutaxassis olib kelmoqchi
Superliganing ortda qolgan 10-turidan so‘ng 7 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turgan “Buxoro”da o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda.

Baxtiyor Ashurmatov o‘z xohishiga ko‘ra, iste’foga chiqqan edi. Shundan so‘ng klubning yoshlar murabbiyi Mirislom Hasanov vaqtinchalik “Buxoro”ni boshqarayotgandi.

Olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, klub rossiyalik mutaxassislardan birini “Buxoro”ga taklif qilmoqchi. Andrey Gordeyev nomli mutaxassis klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin.

Avvalroq klub Aleksandr Xomyakov, Sergey Lushchan, Shuhrat Maqsudov, Igor Shkvirini singari mutaxassislarning nomzodlarini ham o‘rganib chiqayotgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.