O‘zil Emeriga: "Sen murabbiy emassan!"

O‘zil Emeriga: "Sen murabbiy emassan!"
“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil londonliklar bosh murabbiyi Unai Emeridan norozi bo‘ldi.

O‘zil Yevropa Ligasi finali doirasida “Chelsi”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:4) zaxiraga olinganidan norozi bo‘lgan. Futbolchi 78-daqiqada zaxiraga olingan va shundan keyin Emeriga: “Sen murabbiy emassan” degan.

Mavsum davomida O‘zil va Emeri o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqida mish-mishlar yangragandi. 30 yoshli futbolchi jamoasining asosiy o‘yinlarida maydonga deyarli tushmagan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.