Raxim Sterling “Liverpul” safida 2020 yilga qadar qoladi

Raxim Sterling “Liverpul” safida 2020 yilga qadar qoladi
Raxim Sterling “Liverpul” safida 2020 yilga qadar qoladi

Avvalroq axborot berilganidek, “Liverpul” hujumchisi Rahim Sterling jamoa bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortayotgan edi, deb yozadi Kun.uz. O‘sha paytda, u haftasiga 70ming funt sterling miqdoridagi maoshga rozi bo‘lmayotgani uchun, shunday yo‘l tutgan va futbolchining agentlari haftasiga 120 ming funt sterling maosh belgilanishini talab qilishgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra , ayni paytda ikkala tomon murosaga kelib, bir to‘xtamga kelishgan.

Endilikda, Sterling “Liverpul” bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzib, jamoa safida 2020 yilgacha qadar to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 20 yoshli ushbu futbolchi “mersisaydlik”lar safida barcha musobaqalarda umumiy hisobda 28ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol muallifiga aylandi.

Foto: sports.ru / kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.