Ronaldu: "Real"dan ketganimdan afsusdaman

Ronaldu: "Real"dan ketganimdan afsusdaman
\"Yuventus\" xujumchisi Krishtianu Ronaldu \"Marca\" nashri tomonidan \"Afsona\" sovrini bilan taqdirlandi va 5 ta bolakayning savollariga javob qaytardi. Bolalar turli xildagi jamoalar libosida edi.

Birinchi savolni Klaudia ismli, Portugaliya libosidagi qizaloq berdi: \"Siz bolaligingizda, tarixda eng zo‘r bo‘lishingiz va ko‘plab yutuqlarga erishishingizni bilganmisiz?\"
Ronaldu: \"Yo‘q, bu haqida xech qachon o‘ylamaganman. Men professional futbolchi bo‘lishni orzu qilganman.\"

Keyingi savolni \"Manchester Yunayted\" libosidagi Gonsalo ismli bolakay berdi: \"Siz ko‘proq Manchesterni sog‘inasizmi yoki Madridnimi?\"
Ronaldu: \"Men ikkalasini judayam sog‘inaman, ammo Madridda ko‘p vaqtim o‘tgan, farzandim dunyoga kelgan, shuning uchun ko‘proq Madridni sog‘inaman.\"

Navbatdagi savolni Lissabonning \"Sporting\" libosidagi, Isiara ismli qizaloq berdi: \"Yevro-2016 chempionligi bu faoliyatingizdagi eng katta yutuqmi?\"
Ronaldu: \"Barcha sovrinlarim muhim. Balki bu haqiqatdan ham eng yaxshisidur. Bilasiz buni yutish birmuncha qiyinroq. Balki bu faoliyatimdagi eng muhim sovrindir.\"

\"Real\" libosidagi Xorxe murojaat qildi: \"Real\"dan ketganingizga afsusdaman.\"
Ronaldu kulib qo‘ydi va javob qaytardi: \"Ha, men ham afsusdaman.\"

So‘nggi bo‘lib, \"Yuventus\" libosidagi Marko ismli yigit savol berdi: \"Yuventus\" ushbu mavsum Yevropa Chempionlar Ligasini yuta oladimi?\"
Ronaldu: \"Bilmadim. Biz doimgidek harakat qilamiz. Umid qilaman \"Yuventus\" chempion bo‘ladi.\"

Manba: Sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.