38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
\"Atletik\" hujumchisi La Liga 1-tur doirasidagi \"Barselona\" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
Maydonda atigi 6 daqiqa harakat qilgan 38 yoshli forvardning qaychi uslubidagi zarbasi \"Atletik\"ga 3 ochkoni taqdim etdi.

- Jamoa ajoyib o‘ynadi. Mavsumni \"Barselona\"ga qarshi o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritish bilan boshlab oldik. Menimcha, bundan yaxshisi bo‘lmaydi. Jamoaga yordam berganimdan mamnunman. Men doim \"Atletik\" uchun yordamga tayyorman, - deydi Aduris.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum \"Atletik\" afsonasi uchun so‘nggisi bo‘lib qoladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.