Pore: «Nurmagomedov bilan jangim muddatidan oldin tugaydi»

Pore: «Nurmagomedov bilan jangim muddatidan oldin tugaydi»
Foto: «Sport-Ekspress»
UFCning yengil vaznli vaqtincha chempioni Dastin Pore Habib Nurmagomedov bilan bo‘lg‘usi jang qanday o‘tishiga izoh berdi. Bu haqda «MMA Junkie» xabar berdi.
«Jangimiz qancha tez tugashini bilmayman, ammo muddatidan oldin oxiriga yetishiga ishonchim komil. Nokautmi yo taslim bo‘ladimi aytolmayman, lekin tezda g‘alaba qozonaman. Uni to‘xtatishni istayman», — dedi Pore.

Eslatib o‘tamiz, UFC chempionligi uchun Pore va Nurmagomedov o‘rtasidagi jang Abu-Dabi (BAA)da 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.