Ronaldu "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi...

Ronaldu "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi...
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida “Barselona”ga o‘tish imkoniyati bo‘lgani haqida gapirdi.

“Men Arsen Venger bilan uchrashganman va u bilan “Arsenal”ga o‘tish haqida gaplashganmiz. Shuningdek “Barselona” bilan ham muzokaralar o‘tkazganman va u ijobiy yakunlanishi mumkin edi. Menga shuningdek “Real” va “Inter”dan ham qiziqishlar bo‘lgan. Biroq, “Manchester Yunayted”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi va ular meni sotib olishdi”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 18 yoshli Ronaldu 2003 yil “Sporting”dan 19 mln yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.