"Paxtakor" yirik g‘alabaga erishdi, AGMKdan ustun kelgan "So‘g‘diyona" 4-o‘ringa chiqib oldi

"Paxtakor" yirik g‘alabaga erishdi, AGMKdan ustun kelgan "So‘g‘diyona" 4-o‘ringa chiqib oldi
Toshkentning \"Paxtakor\" klubi o‘z maydonida \"Andijon\"ni qabul qildi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dragan Cheran mazkur bellashuvda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Sardor Sobirxo‘jayev va Igor Sergeyevlar bittadan o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Bunga andijonliklar safida Ildar Mamatkazin bir bor javob qaytardi xolos.

Parallel ravishda kechgan \"So‘g‘diyona\" - AGMK qarama-qarshiligida mezbonlar minimal hisobda zafar quchishdi. Bahsdagi yagona gol 80-daqiqada Kaxi Maxaradze tomonidan kiritildi.

\"Paxtakor\" bugungi muvaffaqiyat evaziga o‘z ochkolar sonini 50 taga yetkazib oldi. \"Andijon\" esa 16 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi. Ulug‘bek Baqoyev boshqaruvidagi \"So‘g‘diyona\" ketma-ket g‘alabalar evaziga 30 ochko jamg‘arishga erishdi va jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkosi bor olmaliqliklar esa 13-pog‘onadan joy olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.