Eldor Shomurodov: "Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman"

Eldor Shomurodov: "Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni istayman"
\"Rostov\" hujumchisi Eldor Shomurodov \"Lokomotiv\"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
\"Dastlabki 30 daqiqa juda asabiy o‘tdi. Bu olti ochkolik uchrashuv edi va qiyin bo‘lishini bilar edik. Taxminan 30-daqiqadan boshlab o‘z kuchimizga ishonchimiz ortdi va kerakli natijaga erishdik.

To‘purarlar bahsini kuzatib bormoqdaman. Albatta, men chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lishni va jamoamning ochko to‘plashiga yordam berishni istayman\", - dedi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz 7 ta gol bilan to‘purarlar poygasida yetakchilikni qo‘lga olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.