APL. "Liverpul" "Byornli"ni yirik hisobda yengdi

APL. "Liverpul" "Byornli"ni yirik hisobda yengdi
Angliya Premer-ligasi 4-turidan o‘rin olgan \"Byornli\" hamda \"Liverpul\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

\"Tyorf Mur\" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Kris Vud o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, Sadio Mane va Roberto Firminolar ham ismlarini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdilar.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 12 taga yetdi va turnir jadvalida yakka peshqadamligini saqlab qoldi. \"Byornli\" esa 4 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.

\"Byornli\" - \"Liverpul\" 0:3
Gollar:
Kris Vud (33), Sadio Mane (37), Roberto Firmino (80).

\"Byornli\" – Poup, Mi, Piters, Louton, Tarkovski, Lennon, Kork, Vestvud, Maknil, Barns, Vud.
\"Liverpul\" – Adrian, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Matip, Veynaldum, Xenderson, Fabino, Mane, Firmino, Saloh.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.