Jeparovdan termaga qaytishni so‘rashdi, u esa qisqa va lo‘nda javob qaytardi

Jeparovdan termaga qaytishni so‘rashdi, u esa qisqa va lo‘nda javob qaytardi
Kecha Toshkent shahridagi «Humo Arena»da xokkey bo‘yicha VXL (Oliy xokkey ligasi) ning yangi mavsumiga start berildi.
Ilk uchrashuvni tomosha qilish uchun O‘zbekiston MTJning sobiq a’zosi Server Jeparov ham tashrif buyurib, bu haqda instagram\'dagi sahifasiga post joyladi. Rasm ostiga kuzatuvchilardan biri Serverga murojaat qilib, undan termaga qaytishni so‘ragan. 36 yoshli yarim himoyachi esa foydalanuvchiga hozirgi terma jamoa a’zolari o‘ynab ketishi uchun bosh murabbiy (Ektor Kuper) o‘zgarishining o‘zi kifoya qilishini aytgan.
Jeparovdan termaga qaytishni so‘rashdi, u esa qisqa va lo‘nda javob qaytardi

Avvalroq, Server SPORT telekanaliga bergan intervyusida bosh jamoaga himoyaviy futbol mos kelmasligini aytib, o‘yin uslubini butunlay o‘zgartirish kerakligi haqida fikr bildirgandi.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.