Osiyo kubogi-2015 ochilish uchrashuvini Ermatov boshqaradi!

Osiyo kubogi-2015 ochilish uchrashuvini Ermatov boshqaradi!
Osiyo kubogi-2015 ochilish uchrashuvini Ermatov boshqaradi!

OFK rahbariyati Avstraliyada boshlanadigan Osiyo kubogining ochilish uchrashuvini o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga ishonib topshirdi. Bu haqda Stadion.uz sayti xabar tarqatdi.

\"A\" guruhi vakillari — Avstraliya va Kuvayt o‘rtasidagi uchrashuv 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. O‘yin Melburndagi \"Rectangular Stadium\"da bo‘lib o‘tadi.

Ravshan Ermatov faoliyati davomida uchinchi marta Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadi. U ilk marta qit’a chempionatining ochilish o‘yinida ishlaydigan bo‘ldi. Osiyo kubogi-2004da hamyurtimiz bitta o‘yinni boshqargan. 2007 yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan turnirda Ermatov ishtirok etmagan. Boisi, u Kanadadagi yoshlar o‘rtasidagi JChga taklif olgan.

O‘zbekistonlik referi Osiyo kubogi-2011da 4ta o‘yinni boshqardi, jumladan, final o‘yini ham Ermatovga topshirilgan. Qatardagi musobaqaning ochilish o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etganidan xabaringiz bor.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi-2015da Ermatovga Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi. Avstraliyadagi turnirda Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlarimiz ham ishtirok etishyapti.

Foto: anons.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.