MTJga "Paxtakor"dan kimlar chaqirilgani ma’lum bo‘ldi

MTJga "Paxtakor"dan kimlar chaqirilgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida JCh-2022 saralashi doirasida ikkita o‘yin o‘tkazadi.
Tez orada Vadim Abramov terma jamoaga chaqirgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilinadi. Olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, \"Paxtakor\"dan quyidagi futbolchilar MTJga chaqirilgan:

Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov va Igor Sergeyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Yaman, 15 oktyabrda esa Singapurga qarshi JCh-2022 saralash uchrashuvini o‘tkazadi.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.