Shomurodov gol urgan o‘yinda "Rostov" yirik g‘alabaga erishdi

Shomurodov gol urgan o‘yinda "Rostov" yirik g‘alabaga erishdi
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan \"Rostov\" klubi bu tur o‘z maydonida \"Dinamo\"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Ivelin Popov, Eldor Shomurodov va Baxtiyor Zaynutdinovlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, Valeriy Karpin shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 23 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

\"Rostov\" – \"Dinamo\" 3:0
Gollar:
1:0 – 25 Popov, 2:0 – 37 Shomurodov, 3:0 – 82 Zaynutdinov.
\"Rostov\": Baburin, Chistyakov, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Normann, Ionov (Zaynutdinov, 81), Yeremenko, Popov, Bayramyan (Saplinov, 67), Shomurodov (Dolgov, 86).
\"Dinamo\": Leshuk, Yevgenev, Pliyev, Morozov, Shunich, Joaozino, Kabore, Yusupov (Xilemark, 46), Shimanski (N`Ji, 68), Panchenko (Filipp, 70), Igboun.
Ogohlantirishlar: Shimanski (16), Pliyev (21), Kabore (46), Bayramyan (54), Popov (64), Joaozino (83).
Chetlatish: Pliyev (66).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.